15

Jan 2024

15 Jan, 2024

Televizor tanlashda muhim omillar.

Televizor haridi faqatgina chiroyli va arzon sanalgan mahsulot tanlovi emas. Yaxshi televizor - ham dizayn, ham tiniqlik, ham ovoz jihatidan jahon standardlariga mos keluvchi yuqori sifat darajasida bo‘lishi lozim.

 

  1. Tasvir tiniqligi - 4K Ultra HD;
  2. Zamonaviy dizayn - hoshiyasiz;
  3. Wi-Fi yoki simli o'tkazma orqali ishlash - SMART;
  4. Ovozli boshqaruvga ega - OK Google;
  5. Sifatli ovoz - Dolby Digital.

 

Quyida 5ta eng muhim bo‘lgan mukammal televizorning jihatlarini havola etamiz.

Tasvir tiniqligi - 4K Ultra HD

Tasvir tiniqligi - bu kichkina nuqtalar, piksellar displeyda qanchalik ko‘p bo‘lsa tasvir shunchalik tiniq bo’ladi degani. 4K dagi “K” Kilo (1000) ni anglatadi, yaʼni taxminan 4000 piksel gorizontal tiniqlikka ega boʻlgan televizor hisoblanadi. 4K UHD televizorlari Full HD televizorlariga nisbatan 4 baravar yuqori aniqlikni taʼminlagan holda, tasvir tiniqligi va tasvir elementlarining maksimal detallari bilan ajralib turadi.

Zamonaviy dizayn - hoshiyasiz;

Hoshiyasiz ekran mustahkamlangan korpusga ega bo‘lib, an’anaviy hoshiyalardan xalos bo‘lgan holda, televizorning ekran maydonini kengaytirib bera olgan. Sizga filmlarni to‘liq tomosha qilib, uyingizda kinoteatr effektini yaratishda yordam beradi. O‘zingizni kino olamiga sayohat qilayotgandek his qilasiz. Televizorning dizayni har qanday xona kayfiyatini o‘zgartira oladi. Premier televizorlari dizaynga nozik did bilan e’tibor qaratgan holda har bir xonaga mos keladigan dizayndagi televizorlarni taqdim etadi.

Wi-Fi yoki simli o'tkazma orqali ishlash - SMART;

SMART – Wi-Fi yoki simli o‘tkazma orqali ishlaydigan televizorlar. Hozirda har bir inson Internetda o‘zi istagan dunyoviy kontentlardan zavq olish imkoniyatiga ega bo‘lgan televizorlarni hush ko‘rishadi. Smart TV Netflix, Amazon, YouTube va Sporify musiqiy oqim xizmatlari, turli xil o‘yinlar va sport kontentlaridan xohlagancha bahramand bo‘lishingizni taminlaydi.

Ovozli boshqaruvga ega - OK Google;

OK Google sharofati bilan, shunchaki ovozingiz bilan boshqarishingiz, kanalni o‘zgartirishingiz, ilovalarni ochishingiz, musiqa qo‘yishingiz, aqlli uy qurilmalaringizni boshqarishingiz va boshqalarni amalga oshirishingiz mumkin.

Sifatli ovoz - Dolby Digital.

Sifatli ovoz – Dolby Digital texnologiyasi bilan jihozlangan televizorlar sifati boshqa televizorlardan tiniqligi va tabiiyligi bilan ajralib turadi. Dolby Digital ko‘p kanalli ovozni ishlab chiqarishga qodir bo‘lib, foydalanuvchilarga kinematografik ovozni etkazib berishga yordam beradi.

Barcha muhim jihatlarni o‘z ichiga olgan «PREMIER» televizorlari bilan siz uyingizda haqiqiy kinoteatr yaratasiz.

PREMIER - hamyonbop texnika

Instagramda yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling